S

  • Tangrim,
  • Osmon to’la oyu yulduz,
  • Mehring shudir – kecha kunduz.
  • Bir kun yashil, bir kun sariq Yaproqdayman …
  • Ammo bu kuz…
  • Bu kuz Sani qattiq sogh’indim,
  • To’kdim barcha yaproqlarimni.
  • Yaproqlarim etguncha erga,
  • So’ylamishlar ertaklarimni…
  • Shafqatsiz Vaqt atalmish Farrosh
  •  Yoymish oppoq etaklarini.
  • Son’g… Song Izg’irin izmiga qilarmish tortiq
  • Sani yoding bilan uyg’oq tushlarni.
  • Tushlarimchi… bu kuz
  • Yomg’irlar uyg’otgan ibodatlarim.
  • Boshimga yog’ilib kelgani bilsang,
  • Sani yoding haqqi… tilovatlarim…
  • Bu kuz Ertaklarim Oyu yulduzim
  • Osmon to’la yaproqlarim ham
  • Bir jumlaga sig’ishdi oson
  • ‘ Sani axir sog’indim yomon!..’

2 responses to “S

  1. “Duoga ko’milgan farzandday” degan satr juda yoqdi.
    10 yil oldin, ehtimol, umuman e’tibor bermagan bo’lardim.
    Lekin odam shu yoshga kelishi kerak ekan, shekilli-da.
    “Tilovatlar” degan nom ham ajoyib. Yosh 40 qa yaqinlashib, kayfiyatlar tobora prozaik bo’lib borayapti.
    Ro’monlarni ham chop qilavering endi.
    Olloh ijodingizga baraka bersin!
    Do’stimiz A’zamjon (Obidov) chiroyli ibora topgan – “Iymon she’riyati” degan.
    Shu turkumdan yozish nasib qilsin hammamizga.

    P.S.

Leave a reply to Pahlavon Cancel reply