- Tangrim,
-
Osmon to’la oyu yulduz,
-
Mehring shudir – kecha kunduz.
-
Bir kun yashil, bir kun sariq Yaproqdayman …
-
Ammo bu kuz…
-
Bu kuz Sani qattiq sogh’indim,
-
To’kdim barcha yaproqlarimni.
-
Yaproqlarim etguncha erga,
-
So’ylamishlar ertaklarimni…
-
Shafqatsiz Vaqt atalmish Farrosh
-
Yoymish oppoq etaklarini.
-
Son’g… Song Izg’irin izmiga qilarmish tortiq
-
Sani yoding bilan uyg’oq tushlarni.
-
Tushlarimchi… bu kuz
-
Yomg’irlar uyg’otgan ibodatlarim.
-
Boshimga yog’ilib kelgani bilsang,
-
Sani yoding haqqi… tilovatlarim…
-
Bu kuz Ertaklarim Oyu yulduzim
-
Osmon to’la yaproqlarim ham
-
Bir jumlaga sig’ishdi oson
-
‘ Sani axir sog’indim yomon!..’
Kalendar
Twitter
Tweets by xayrullofayzSANDIQ
- April 2024
- November 2022
- February 2021
- February 2019
- July 2016
- September 2014
- August 2014
- May 2014
- June 2013
- February 2013
- October 2012
- July 2012
- March 2012
- February 2012
- January 2012
- August 2011
- June 2011
- April 2011
- March 2011
- January 2011
- August 2010
- December 2009
- November 2009
- August 2009
- July 2009
- January 2009
- August 2008
- June 2008
- September 2007
- August 2007
- July 2007
- April 2007
- March 2007
- November 2006
- September 2006
Facebook
Xayrullo Fayz
Tweets by xayrullofayz
Unknown Feed- An error has occurred; the feed is probably down. Try again later.

ajoyib
“Duoga ko’milgan farzandday” degan satr juda yoqdi.
10 yil oldin, ehtimol, umuman e’tibor bermagan bo’lardim.
Lekin odam shu yoshga kelishi kerak ekan, shekilli-da.
“Tilovatlar” degan nom ham ajoyib. Yosh 40 qa yaqinlashib, kayfiyatlar tobora prozaik bo’lib borayapti.
Ro’monlarni ham chop qilavering endi.
Olloh ijodingizga baraka bersin!
Do’stimiz A’zamjon (Obidov) chiroyli ibora topgan – “Iymon she’riyati” degan.
Shu turkumdan yozish nasib qilsin hammamizga.
P.S.