Category Archives: Yozuvlar

‘Sanu Man’

Qo’shiq faqat ko’zlar haqida edi
Aytsam ishonmading
Suvga otding
Olovga otding
Tiriklayin …qo’shiqni yoqding

Yolg’iz dedim
Yakkalik dedim
Yolg’izlatmas Sani yolg’izlik
Juftsiz sozga qo’shilib
Tunda
O’zdan ketib O’zingga boqdim…

Chalsam eshitmading
Ko’hna sozimni
Suvga otding
Olovga otding
Gulim!
Duo edi hovuchimdagi
Ishonmading
Boshimdan sochding…

Qo’shiq faqat ko’zlarda edi…

20130211-211624.jpg

Image

1997

20130203-094315.jpg

Image

1997

20130203-094232.jpg

Image

20121012-111034.jpg

San bilasan

Сан биласан мани

аслида

Пешонамда ёзилгани шу –

Бошим узра фаришта учиб

Ёғдиради илоҳий ёғду…

Сан биласан, менинг бир орзум

Жаннатингдан жой олсам, етар,

Етар, ростим, икки дунёмга

Биттагина саодат етар…

Сан биласан, кечаю кундуз,

Ёдинг менинг асл тушимдир…

Адаштирма, адаштирмасанг,

Жоним Санга тортиқ қушимдир…

Сан биласан, Яратган Эгам,

Гуноҳларим тоғлардан юксак,

Бу дунёда барча тоғлар ҳам…

Эрир меҳринг ўнгида бешак

Сан биласан Парвардигорим,

Пешонамга ёзганларинг шу…

20120705-183801.jpg

Image

20120324-121907.jpg

20120802-213135.jpg

Image

‘Har kun yomg’ir yog’maydi uyda, bolam…’

20120220-224955.jpg

Do’stdan maktub…

Oldimizdan tog’ chiqqan edi
oshgandik
dengiz nadir
uni biz

kechgandik
Bulutlar ostimizda suzardi
to’zg’itib
barini

sohir parvozda
turnalarni qoldirib dog’da
Eh qanday uchgandik

Bugun tog’ yo’q

oshgani
dengizlar qurigan
tarqagan tor osmonning oq bulutlari
Ammo
Oyoq ostimizda mayda toshlar bor
erinmay yig’amiz ularni
bir kun otish uchun…
aytish uchun…

biz bir birimizga
shu toshlarnimi
otgandik?..

20120215-194626.jpg

Image

Sog’inchning rangi

20120207-201415.jpg

Image

Ranglar qa’rida

20120117-140312.jpg