Category Archives: Maktub

D.dan tarjimayi…behol

Hammangiz bittadan tosh oting etar,

Ko’z yosh cho’ktirmagan loshim ko’milsin!

Yurakning og’riq joyi qo’yvorar, tinar…

Sizning yuragingiz nurlarga to’lsin!

 

Sizga na kun bo’ldim man, va na yog’du,

Zulmatga ko’milib qoldingiz –ko’rdim…

Man tutgan qadahda limmo lim og’u,

Siz ekkan gullarni… gullatmay o’rdim!

 

Boshingizdan ketsin g’amu kulfatlar,

Rahmli Rahmonning mehri yog’ilsin.

Qayoqqa qaramang – do’stlar, ulfatlar…

Sizga faqat maqtov, qulluq o’qilsin.

 

Mani ma’zur tuting, ketaman dedim

Bir emas yuz marta – yuzsiz notavon!

Ko’ngilmi, qo’rquvmi – yolg’onchi edim..

Balki yig’lagandim ojiz, bezabon…

 

Man hech bir yurakka sig’madim, alam,

Qulflarni tanimay  adashdim… rostim.

Qachon tingan edi bo’g’zimda nolam,

Qachon tingladingiz so’zimni, ‘do’stim’…

 

Hammangiz bittadan tosh oting, qo’rqmang,

Shu osiy odamning loshi ko’milsin.

Ikki qo’lim ochiq duoga, qarang,

Sizning yuragingiz quvonchga to’lsin!

Sh.R.dan

Daryo sohilida turgan bir orif

duogo’y ravogo’y yaxshigo’y do’stday

ko’ksida bir daryo sog’inchi

borib

narigi sohilni quchgan bir hisday

Yoyini yozgan bir kamalak misol qimirlab,

jimirlab, shivirlab yurak

entikkan havosi topmayin zavol

yonib turganiga kеltirmayin shak

oftob ham g’ayriday kuz osmonida

lim-lim mesh tutganca fursat jomidan

Soniya tomchilar yomg’irday chak-chak

af’yunmi afsunmi tutar jonidan

Yurakda bir daryo

 sog’inch chayqalar