Daily Archives: April 8, 2024

Xotira nasimi

Xotiraga botirilgan nasimi edi
Nomini hech qachon aytmagan gulning
Ko‘z ochiqligida
Akslangani

Akslanarkan
Vaqtning o‘lchovi shu kiprik qoqib ulgurmasidan
Birgina chaqmoqqa jam
Har narsa xotiradan boshqa

Keyin go‘yo ko‘zlar ochilgan
Nomini hech qachon aytmagan gullar to‘rt tarafga
Sochilgan – hayotning qofiyasi kabi monoton
Hayotning o‘zi kabi haqiqiy yolg‘on

Ammo xotiraga botirilgan bu nasim
Jannat va’dasiga ishongan osiyning
tazarrusini
Kengdan keng dargohiga kiritgan
Parvardigordan
Milliyon milliyon umidi –
Jannat kabi haqiqiy
Jannat kabi haqiqiy