Buyoqqa kelma Yo‘lbars
Chunki sevishmaydi itlarni bunda
Non berishmas
Ortmas suyaklar ulardan
Chunki bus butun tishlari hali
Temir va tillolardan
Kun berishmas ishon
Kelma buyoqqa yo’lbars
Ket boshqa joylarga
Vatan top uzoqlardan
Balki bordir tishlari to’kilib tushgan bir qavm Yo’lbarsim
Bordir itlarga mehribon
Bag’ri keng odamlar
Bobom kabi
Momom kabi
Otam kabi
Onam kabi
Keng bag’ri qon odamlar saltanati
Ket Yo’lbars
Termulma bunaqa ko’zlarimga maning
Qiynama mani
Vatan top boshqa
Man kabi
Man kabi
19.10.2022 Xujand