Qo’shiq faqat ko’zlar haqida edi
Aytsam ishonmading
Suvga otding
Olovga otding
Tiriklayin …qo’shiqni yoqding
Yolg’iz dedim
Yakkalik dedim
Yolg’izlatmas Sani yolg’izlik
Juftsiz sozga qo’shilib
Tunda
O’zdan ketib O’zingga boqdim…
Chalsam eshitmading
Ko’hna sozimni
Suvga otding
Olovga otding
Gulim!
Duo edi hovuchimdagi
Ishonmading
Boshimdan sochding…
Qo’shiq faqat ko’zlarda edi…
