Monthly Archives: February 2013

U.K dan

Uzoqlashar deraza
Eshik ucha boshlar uydan tashqari
Gullar ildizlarin elkalab ma’yus
Vido aytmoqdalar – titraqib

Olislaydi oy ham quyoshdan
Zamin tashlab ketar zamonni
Yulduzlar milyon yil olisga ko’chib
Uyg’ota boshlaydi iymonni…

Uzoqlashar cho’qqi, tubsizdir bu choh
Intiho o’chadi ibtido – tayin
Eng chuqur dengizning tubida munchoq
Man zo’rg’a cho’kkanman nega qaytayin

Uzoqlashar deraza…

20130220-140549.jpg

‘Sanu Man’

Qo’shiq faqat ko’zlar haqida edi
Aytsam ishonmading
Suvga otding
Olovga otding
Tiriklayin …qo’shiqni yoqding

Yolg’iz dedim
Yakkalik dedim
Yolg’izlatmas Sani yolg’izlik
Juftsiz sozga qo’shilib
Tunda
O’zdan ketib O’zingga boqdim…

Chalsam eshitmading
Ko’hna sozimni
Suvga otding
Olovga otding
Gulim!
Duo edi hovuchimdagi
Ishonmading
Boshimdan sochding…

Qo’shiq faqat ko’zlarda edi…

20130211-211624.jpg

Image

1997

20130203-094315.jpg

Image

1997

20130203-094232.jpg