Monthly Archives: March 2011

Sh.R.dan

Daryo sohilida turgan bir orif

duogo’y ravogo’y yaxshigo’y do’stday

ko’ksida bir daryo sog’inchi

borib

narigi sohilni quchgan bir hisday

Yoyini yozgan bir kamalak misol qimirlab,

jimirlab, shivirlab yurak

entikkan havosi topmayin zavol

yonib turganiga kеltirmayin shak

oftob ham g’ayriday kuz osmonida

lim-lim mesh tutganca fursat jomidan

Soniya tomchilar yomg’irday chak-chak

af’yunmi afsunmi tutar jonidan

Yurakda bir daryo

 sog’inch chayqalar

S

  • Tangrim,
  • Osmon to’la oyu yulduz,
  • Mehring shudir – kecha kunduz.
  • Bir kun yashil, bir kun sariq Yaproqdayman …
  • Ammo bu kuz…
  • Bu kuz Sani qattiq sogh’indim,
  • To’kdim barcha yaproqlarimni.
  • Yaproqlarim etguncha erga,
  • So’ylamishlar ertaklarimni…
  • Shafqatsiz Vaqt atalmish Farrosh
  •  Yoymish oppoq etaklarini.
  • Son’g… Song Izg’irin izmiga qilarmish tortiq
  • Sani yoding bilan uyg’oq tushlarni.
  • Tushlarimchi… bu kuz
  • Yomg’irlar uyg’otgan ibodatlarim.
  • Boshimga yog’ilib kelgani bilsang,
  • Sani yoding haqqi… tilovatlarim…
  • Bu kuz Ertaklarim Oyu yulduzim
  • Osmon to’la yaproqlarim ham
  • Bir jumlaga sig’ishdi oson
  • ‘ Sani axir sog’indim yomon!..’