>
Qish qattiq keldi
Anorlar ko’mildi
Behol otam bog’ boshida
Mevasiga etarmikanman deya…
Unsiz egildi
Saraton kirdi
Gulladi anorlar ertaroq kechroq
Ana kirdim
Mana kirdim deya yoz bo’yi bu kuz
Otamni aldadi
mani aldadi
Yaproqlar sarg’ayib boshlagan tunda
Otam yaproq kabi uzildi
Tongda barcha anorlar
Pishmay turib tars tars yorildi
Anorlar
marvarid ko’z yoshlarini
Onamday hech kimdan berkitmay to’kdi
Anorlar qish boyi Sizni sog’inib
Mehrga to’ymasdan to bahor qadar
Yozda o’tin bo’lib tandirga kirdi
Yozda o’tin bolib o’choqda yondi
Anorlar…

