Monthly Archives: August 2010

>Anorlar

>

 

Qish qattiq keldi


Anorlar ko’mildi

 

Behol otam bog’ boshida


Mevasiga etarmikanman deya…


Unsiz egildi






Saraton kirdi


Gulladi anorlar ertaroq kechroq


Ana kirdim


Mana kirdim deya yoz bo’yi bu kuz


Otamni aldadi


mani aldadi






Yaproqlar sarg’ayib boshlagan tunda


Otam yaproq kabi uzildi






Tongda barcha anorlar


Pishmay turib tars tars yorildi






Anorlar


marvarid ko’z yoshlarini


Onamday hech kimdan berkitmay to’kdi






Anorlar qish boyi Sizni sog’inib


Mehrga to’ymasdan to bahor qadar


Yozda o’tin bo’lib tandirga kirdi


Yozda o’tin bolib o’choqda yondi






Anorlar…

>Yolg’izlik

>

Yaproqlar ingrog’i
Osmon yig’loqi
Daraxtlar egilgan
Ildizlar titrog’i

Bahor ham berkinmish olis makonga

Gullar nasimi ham shamolla ketgan


Quturgan vulqonlar kirib iymonga


Bir hovuch kul bo’lib sassiz tutagan


Do’starim ketishdi


Dushmanlar g’oyib


Ko’zguda ko’rinmas emishda aksim


Man butun xotira xayollarimni


Shu nursiz go’shaga qilibman taqsim


O’zim o’zimniki ekanman go’yo


Shundoq shivirlarmish eng go’zal ilon


Qaerga qarasam yal yal yonarmish


Yurakka chizilgan bir makkor ro’yo


Keyin tong otarkan – go’zal inqilob


Nuring to’kilarmish subhu sodiqda


Kim edi – titragan iymoni betob


kim edi zulmatda tilagan oftob


Kecharmish azoblar bahrimdan darhol


Daraxtlar ko’klarga qilarmish armon


Qarang, Sinovidan o’tgan ishqparast behol


Mehriga ming marta keltirar iymon


Daraxtlar ko’klarga


Daraxtlar ko’klarga…