>Man
Dadamni sog’indim axir
Mani bir poloponday
Va yo
Qanotlari yomg’irda ivigan oqqushday
Musichaday duosin aytayotgan
Kabutarday qishda sovqotib
Saning derazangda qunushgan
Onasini sog’inib yig’lagan boladay
Ko’zlari javdiragan
Ko’ksi to’lgan
Oh
Duoga ko’milgan farzandday
Otasini qattiq sog’ingan
Ko’zlari yoshga to’lgan
bir poloponday…quch…mani…
Mani bir poloponday…