Monthly Archives: August 2009

>Tenglama

>teng emas edim
na bulutga na osmonga na erga va na o’zimga bugunimda
na
bitta marvaridga dengiz tubida
tuproq yo’lda yotgan toshga
shundoqqina hovlimizdagi bir tup o’rik niholidan to’kilib to’kilolmay qolgan
yozdan chiqolmagan qishga kirolmagan
rangi erlagan bitta yaproqqa
yoki
otamni oyoq og’rig’iga duchor qilgan
menga oppoq bakht borligini oshkor etgan
qishda
uyimizning tomiga osilib qolgan farishtarangmi bilmadim
sumalakka
men
tug’ilganimda arzimaganman
arzigan
arzimaganman
arzimaganman