>Qo’shiq

>

Bu dunyoda hali hech kim
Buzolmagan mening konglimni
Tuzolmagan birorta qasr
Uzolmagan ming bir qarzini

Ko’ngil chuqur
Ko’ngil tubsizdir
Hech bir bedor cho’kmasdir unga
Bu kongildan sal nari ishon
Bir Ilohiy baxt bor onajon

Dunyo esa nochor notavon
Istaklarga tola bir ro’yo
Ko’ngildagi bir savol yomon…
Sighmayapti unga onajon

Onajon
Anqo shuncha mehrmidi ayt
Bebahoyu beizn… benuqson
Yuragimni oyoq ostingga
Maydalagan menman ku
Mehmon

Ishon
Hech kim yo’qdir bu dunyoda – rost
Na baxt na g’am va yana kimdir
Bor bo’lgani shu qurg’ur ko’ngil
Bor bo’lgani Xudodir… pinhon

Leave a comment