bir qultum suv
bir mijja qoqmoq
uyg’onmoq uzoqdan uzoq qo’shiqdan
kuydan to’lg’onishdir
umr
( keyin baxtimga san borsan deb o’ylayman
ko’z tegmasin sanga
so’z tegmasin
hech narsa tegmasin manga
hech narsa
holimdan xoli bo’lay deyman)
qultum suv
mijja
bahorning yigirma birinchi kuni
qaysi kalendarda bilmadim – samimiy
yo hijriy va yo milodiy
ketar ekansan ko’chaning changi
bosilmagan edi
hali yuvib bo’linmagan oppoq kuylaklar
simdorlarga
osilmagan edi
quyosh ham botmay turdi anchagacha
kun ham og’mas edi
yomg’ir ham etilmagan edi
bulut ham engmagan edi o’zini
ko’chaning changini qor bosdi
kuylaklar o’zini zor osdi
bulut ham ochdi ko’zini
o’tdi o’tgulik
kechdi ko’rgulik
buyog’i bahorga chiqdik yal yal tovlanib
buyog’i yoz
yozdir nurafshon
ishon
